Italiya A Seriyasida 5-tur öyinlari ötkazildi. Unda e'tiborga molik bir qança voqealar yuz berdi.
Tur öyinida «Napoli» safarda «Torino»ni yengdi
«Napoli» safarda «Torino» bilan bellaşdi. Öyin mehmonlarning töliq ustunligi ostida ötdi. 4-daqiqadayoq Insine hisobni oçişga muvaffaq böldi. Bu «Napoli»ga qöşimça kuç bağişlagan bölsa, «Torino»ni biroz sarosimaga soldi. Yakunda neapolliklar 3:1 hisobida ğalaba qozonib, 12 oçko bilan musobaqa jadvalida 2-öringa çiqib olişdi.

Öyindan söng, «Napoli» boş murabbiyi Karlo Ançelotti yangi taktikasi meva berayotganini aytdi.
«Insineni markazga yaqin joyda öynata boşladim, bu esa samara berdi. Aynan u öyinning eng muhim futbolçisi böldi. 4-4-2 taktikasida Verdi va Kalexonni qanotlarda öynatmoqdaman. Insine va Mertens hujumda töp tepmoqda. Natijada «Napoli» yanada işonçli öyin namoyiş qilyapti» - dedi Ançelotti.
Torino – Napoli 1:3 (0:2, 1:1)
23 sentabr, «Olimpiko di Torino»
Gollar: 0:1 – 4 Insine, 0:2 – 20 Verdi, 1:2 – 51, penalti Belotti, 1:3 – 59 Insine.
Torino – Sirigu, Itstso, Nkulu, Moretti, Ayna (Paridjini, 77), Bazelli (Edera, 87), Rinkon, Meyte (Soriano, 62), Berenger, Dzadza, Belotti.
Napoli – Ospina, Xyusay, Albiol, Kulibali, Luperto (Maksimoviç, 74), Rog (Allan, 60), Hamşik, Kalexon, Insine, Verdi (Zelinski, 54), Mertens.
Ogohlantirişlar: Kulibali (23), Rinkon (31), Rog (37), Itstso (43), Albiol (52).
Ronalduning navbatdagi goli va «Yuventus»ning muammoli ğalabasi
«Yuventus» safarda kamtarona «Frozinone» bilan bellaşdi va 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Biroq, turinliklar sönggi 10 daqiqa içida raqib qarşiligini sindira olişdi xolos. 81-daqiqada himoyaçilar xatosidan foydalangan Ronaldu töpni darvozaga yöllab, hisobni oçdi. Sönggi soniyalarda Bernardeski yakuniy hisobni örnatdi. Bu ğalabadan söng, «Yuventus» 100% natija bilan jadvalda peşqadam bölib turibdi.

Öyindan keyin «Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri qiyin ğalabaning sababini tuşuntirdi.
«Biz «Frozinone»dan şunday öyinni kutgan edik. Avvalgi turda jamoa 5ta gol ötkazib, yutqazdi, biz esa çorşanba kuni «Valensiya»ga qarşi 70 daqiqa kamçilik bölib öynadik. Biz sabrli bölişimiz kerak. Köplab zarbalar, tezkor qarşi hujumlar va uzatmalardan söng, niyatimizga yetdik», - dedi Massimiliano Allegri.
Frozinone – Yuventus 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 81 Ronaldu, 0:2 – 90 Bernardeski.
«Inter»ning irodali va juda muhim ğalabasi
«Inter» safarda «Sampdoriya» bilan bellaşdi va 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Qiziği şundaki, bu öyinda «Inter»ning 2ta goli VAR tizimi orqali bekor qilindi. Şunga qaramay, «kök-qoralar» kuçli iroda namoyiş qilib, sönggi daqiqalarda ğalaba keltiruvçi golni urişga muvaffaq bölişdi. Marselo Brozoviç jamoasiga juda muhim ğalabani keltirdi. Bu natijadan söng, «Inter» 7 oçko bilan 9-öringa kötarildi.

Öyindan söng, Brozoviç tez orada haqiqiy «Inter»ning kuçi namoyon bölişini aytdi.
«Bu juda qiyin öyin böldi, ammo biz ğalaba qozona oldik. Biz baxtiyormiz va şu ruhda davom etmoqçimiz. Menimça, mazkur hafta biz uçun mavsumda buriliş yasaydi. Oldinda köplab qiyin öyinlar bor, biroq, umid qilamanki endi hamma haqiqiy «Inter»ni köradi U istalgan raqibni mağlub eta oladi», - dedi Brozoviç.
Sampdoriya – Inter 0:1 (0:0, 0:1)
22 sentabr, «Luiji Ferraris» stadioni
Gol: 0:1 – 90+4 Brozoviç.
«Latsio»ning yirik ğalabasi va Immobile dubli
«Latsio» öz maydonida «Jyenoa»ni qabul qilib, 4:1 hisobidagi yirik ğalabani qölga kiritdi. Mezbonlar hujumçisi Çiro Immobile öyinda 2ta gol urişga muvaffaq böldi. Bu «Latsio»ning qatorasiga 3-ğalabasi edi. Natijada, rimliklar 9 oçko jamğarib, musobaqa jadvalida 5-öringa çiqib olişdi. Qayd qiliş joizki, «Jyenoa»ning yagona goli Kşiştof Pyontek hisobiga yozildi. Hujumçi 5ta gol bilan töpurarlar röyxatini boşqarib kelmoqda.

Latsio – Jyenoa 4:1 (2:0, 2:1)
23 sentabr, «Stadio Olimpiko»
Gollar: 1:0 – 7 Kaysedo, 2:0 – 23 Immobile, 2:1 – 46 Pyontek, 3:1 – 53 Milinkoviç-Saviç, 4:1 – 89 Immobile.
«Roma»ning Bolonyadagi inqirozi
«Roma» safarda «Bolonya» bilan bellaşib, kutilmaganda yaqqol autsayderlardan biriga yutqazdi. Mezbonlar nomdor raqib darvozasiga javobsiz 2ta töp yölladilar. «Roma»ning loaqal 1ta gol uriş uçun bölgan barça harakatlari zoye ketdi. Bu natijadan söng, «Roma» 5 oçko bilan 14-örinda bormoqda.

Bolonya – Roma 2:0 (1:0, 1:0)
23 sentabr, «Renato Dall'Ara»
Gollar: 1:0 – 36 Mattello, 2:0 – 59 Santander.
«Milan» yana «qoqildi»
«Milan» barqaror öyini bilan boğliq muammolarni hal qila olmayapti. Jamoa öz maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va ikki marta hisobda oldinda borişiga qaramay, ğalabani qöldan çiqardi. Qayd qiliş joizki, «qizil-qoralar» sönggi soniyalarda gol ötkazib yuborib, tayyor ğalabadan mahrum bölişdi. Bu natijadan söng, «Milan» 5 oçko bilan 13-örinda bormoqda.

Öyindan keyin, boş murabbiy Jyennaro Gattuzo muvaffaqiyatsizlik sabablariga töxtalib ötdi.
«Bu jamoaning ikkita yuzi bor. Birinçi bölimni zör ötkazdik, ammo sönggi yarim soatda muammolarga duç keldik. Bu 4ta turdan beri davom etyapti, biz 90 daqiqa davomida barqaror öynay olmayapmiz. Biz köproq işlaşimiz kerak» - dedi Gattuzo.
Milan – Atalanta 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 2 Iguain, 1:1 – 54 Gomes, 2:1 – 61 Bonaventura, 2:2 – 90+4 Rigoni.
5-turning barça natijalari
23 sentabr
Milan – Atalanta 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 2 Iguain, 1:1 – 54 Gomes, 2:1 – 61 Bonaventura, 2:2 – 90+4 Rigoni.
Frozinone – Yuventus 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 81 Ronaldu, 0:2 – 90 Bernardeski.
Torino – Napoli 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 4 Insine, 0:2 – 20 Verdi, 1:2 – 51, penalti Belotti, 1:3 – 59 Insine.
Latsio – Jyenoa 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 7 Kaysedo, 2:0 – 23 Immobile, 2:1 – 46 Pentek, 3:1 – 53 Milinkoviç-Saviç, 4:1 – 89 Immobile.
Kevo – Udineze 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 76 de Paul, 0:2 – 90 Lazanya.
Bolonya – Roma 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 36 Mattello, 2:0 – 59 Santander.
22 sentabr
Parma – Kalyari 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 20 Ingleze, 2:0 – 47 Jyervino.
Fiorentina – SPAL 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Pyatsa, 2:0 – 28 Milenkoviç, 3:0 – 56 Keza.
Sampdoriya – Inter 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90+4 Brozoviç.
21 sentabr
Sassuolo – Empoli 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 1 Kaputo, 1:1 – 13 Boateng, 2:1 – 57 Ferrari, 3:1 – 85 Di Françesko.
5-turdan söng, musobaqa jadvali
Töpurarlar röyxati:
5 - Kşiştof Pyontek (Jyenoa)
4 - Rodrigo De Paul (Udineze, 1), Lorentso Insine (Napoli), Gregore Defrel (Sampdoriya)
Raqibi yuziga tupurgan Duglas Kosta jazosini oldi
«Yuventus» yarimhimoyaçisi Duglas Kosta A Seriya intizom qömitasi tomonidan 4ta öyinga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar beradi Football Italia.

Futbolçi 4-turdan örin olgan «Sassuolo»ga (2:1) qarşi bahsda raqib himoyaçisi Federiko Di Françeskoni tirsagi bilan urib, unga boşi bilan yengil zarba bergan va sariq karta olgan edi. Biroz ötgaç, u Federikoning yuziga tufladi va boş hakam tomonidan maydondan çetlatildi. Endi Kosta «Frozinone», «Bolonya», «Napoli» va «Udineze»ga qarşi öyinlarni ötkazib yuboradi.
Hafta iqtibosi - «Messi va Ronaldu Italiyada 50ta gol urolmaydi»
«Frozinone» hujumçisi Emil Hadlvredsson hujumçilar Lionel Messi va Kriştianu Ronalduning Italiyada qanday sermahsullikni namoyiş qilişi mumkinligi haqida fikr yuritdi.
«Italiyada gol uriş juda muşkul. Agar Messi va Ronaldu Italiyaga kelsa, xuddi Ispaniyadagi kabi 50ta gol urolmaydi. Çunki Italiya klublari yaxşiroq himoyalanişadi».
Hafta raqami - 10 million
Kriştianu Ronalduning «Yuventus»ga transferi klubning ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari sonini 10 millionga oşirdi, deb xabar beradi Calciomercato. 33 yoşli portugaliyalikning kelişidan söng, «byankoneri»ning Facebook, Instagram, Twitter va YouTube ijtimoiy tarmoqlardagi öquvçilarining umumiy soni 49,7 dan 59,5 millionga yetgan.
Hafta qahramoni - Kşiştof Pyontek (Jyenoa)
«Jyenoa» hujumçisi Kşiştof Pyontek «Latsio»ga (1:4) qarşi öyinda raqib darvozasini işğol etdi. Natijada, polşalik futbolçi dastlabki 4ta turda 5ta gol urişga muvaffaq böldi va u «Milan»ning sobiq hujumçisi Andrey Şevçenko tomonidan 1999 yilda örnatilgan rekordni takrorladi.

23 yoşli Pyontek yozda «Krakoviya» klubidan «Jyenoa»ga 4,5 million yevro evaziga ötgan edi.











