Air France aviakompaniyasiga qaraşli samolyot Birmingem aeroportiga juda kuçli şamol tufayli qöna olmadi. Havo kemasi şamol oqibatida qöniş yölagidan ham çiqib ketdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Voqeaga guvoh bölgan Jyeremi Jons tomonidan tasvirga olingan videoda köriş mumkinki, Airbus A320 aeroportga yaqinlaşayotganida kuçli şamol tufayli bir tekisda parvoz qila olmagan, söng qöniş yölagi ustida boşqa tomonga qayrilib ketgan. Oxir-oqibat avialayner tepaga kötarilişni boşlab, yerga tegmasdan parvozni davom ettirgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, şu kuni şamol tezligi sekundiga 19,5 metrni taşkil etgan.







