25-26 sentabr kunlari Germaniya çempionatining 5-tur uçraşuvlari bölib ötmoqda.
Uşbu turga kelib, amaldagi çempion «Bavariya» ilk marta oçko yöqotdi. Myunxen klubi öz maydonida «Augsburg»ni qabul qilib, durangga rozi böldi. Dastlab 2-bölim boşida Aren Robben hisobni oçdi, ammo asosiy vaqt yakunlanişiga 4 daqiqa qolganida mehmonlarning zaxiradan maydonga tuşgan himoyaçisi himoyaçisi Feliks Gyottse muvozanatni tikladi. E'tiborlisi 20 yoşli Feliks Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyaçisi Mario Gyottsening ukasi bölib, u şu yozda «Bavariya»dan ketgan edi. Kiçik Gyottse 2014 yildan buyon myunxenliklarning yoşlar jamoasida öynagan, ammo biror marta asosiy jamoa safida maydonga tuşmagan.
«Bavariya»dan keyingi örinlarda borayotgan «Verder» va «Herta» klublari özaro öyinda orani oçiq qilib olişdi. Bremenda ötgan öyinda «Verder» mehmonlarni 3:1 hisobida mağlub etib, jadvalda raqibidan özib ketdi va ikkinçi öringa kötarilib oldi. Endilikda «Verder» (11 oçko) va «Bavariya» (13 oçko) orasida 2 oçkolik farq qolmoqda. «Herta» 10 oçko bilan uçinçi örinda.
«Şalke» esa mağlubiyatli seriyasini davom ettirdi. «Frayburg»ga qarşi safar öyinidagi mağlubiyat (0:1) gilzenkirxenliklar jamoasining mavsumdagi beşinçi öyinda beşinçi bor mağlub bölişidir. Jamoa ayni vaqtda turnir jadvalining eng oxirgi örnida qolmoqda, «Frayburg» oçkolari sonini 7taga yetkazgan va 9-öringa kötarilgan.
«Hannover» va «Hoffenhaym» uçraşuvida kuçlar teng keldi - 1:1. Endilikda «qişloqilar» jamoasi 7 oçko bilan 5-örinda, «Hannover» 2 oçko bilan 17-örinda joylaşgan.
Germaniya çempionati
5-tur
Bavariya – Augsburg 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 48 Robben, 1:1 – 86 Gettse.
Bavariya – Noyyer, Kimmix, Zyule, Xummels, Gorettska (Alaba, 46), Myuller, Martines, Sanşeş, Robben, Vagner (Alkantara, 75), Gnabri (Riberi, 59).
Augsburg – Lyute, Gaueleu, Xedira, Xinteregger, Framberger, Moravek (Gettse, 61), Bayyer, Maks, Xan, Gregoriç (Kordova, 77), Kayubi.
Ogohlantirişlar: Gorettska (13), Xedira (19), Sanşeş (30), Framberger (73), Alkantara (77).
Verder – Herta 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Xarnik, 2:0 – 45 Velkoviç, 2:1 – 53 Dilrosun, 3:1 – 66, penalti Kruze.








