Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida yangi bojxona punkti ochiladi
27 sentabrda Qozog‘istonning Olmaota viloyatida “Nur Joli” nazorat-o‘tkazish punktini ochish rejalashtirilgan. Bu haqda viloyatning davlat daromadlari departamenti matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilingan.
“Nur Joli” (Qozog‘iston) – “Xorgos” (Xitoy) o‘tkazish punktining ochilishi Qozog‘istonning tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarishga imkon beradi. Bu esa transport oqimini samarali boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish va biznes uchun qulay sharoitlarni yaratishga olib keladi.
Majmuada ish kuni davomida ikki yo‘nalish bo‘yicha 2,5 ming transport vositasi, jumladan 2200 ta yuk transport vositasi va 300 ta yo‘lovchi transport vositasi (avtobus va yengil mashinalar) o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Ma'lum qilinishicha, yangi o‘tkazish punkti ochilishi munosabati bilan “Altinko‘l” (Qozog‘iston) – “Xorgos” (Xitoy) bojxona postining “Jarkent” o‘tkazish punkti orqali mahsulotlar va transport vositalari o‘tishi 25 sentabrdan to‘xtatilgan.
Yangi bojxona postining umumiy maydoni 50 gektarni, jumladan o‘tkazish punkti hududi 26 gektarni, transport-logistik markazi hududi deyarli 24 gektarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026