BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşining Jyenevada ötgan 39-sessiyasida 2011 yil boşidan beri Myanmaning Rakxayn ştatida musulmon aholiga qarşi sodir etilgan jinoyatlar isbotlarini yiğiş böyiça mustaqil mexanizm yaratilişi haqida rezolyutsiya qabul qilindi.

Hujjat bu ştatdagi voqealar xalqaro tergovini ötkaziş böyiça materiallarni tayyorlaşni közda tutadi. Rezolyutsiyaning qabul qilinişiga Yevropa Ittifoqi va Islom konferensiyasi taşkiloti taşabbus bildirgan. 

Myanmadagi voqealar böyiça dokladda ta'kidlanişiça, mamlakat qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Min Aun Xlayn va boşqa yuqori mansabdor harbiylar Rakxaynda rohingya musulmonlariga qarşi genotsid sodir etişgan. Doklad mualliflari ularni Xalqaro jinoyat sudiga topşirişga çaqirişmoqda.

1970-yillar boşidan Myanmadagi rohingya musulmonlari muntazam ravişda hujumlar va etnik tozalaşlarga uçrab keladilar. Ularga qarşi hujumlar 2017 yil 25 avgustidan kuçayib, “qurollangan jangarilarga qarşi kuraş” vaji ostida olib borilmoqda. Myanmalik musulmonlarning 80 foizi qöşni davlatlarda boşpana topişga majbur bölgan.