CNN telekanalining asosçisi Ted Tyornerning ma'lum qilişiça, neyrodegenerativ kasallik - Levi tanaçalar dementsiyasi bilan xastalangan. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, bu xastalik Altsgeymer kasalligining mö'tadil şakli hisoblanadi.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, xotira zaifligi va çarçoqdan azob çekmoqda.

Tyornerning ta'kidlaşiça, uning kasalligi ma'lum bir bosqiçda gallyutsinatsiyalar (yöq narsalarning körinişi, eşitilişi, sezilişi) va xotira buzilişiga olib keladi.

Ted Tyorner 1980 yilda CNN telekanaliga asos solgan bölib, u keça-yu kunduz efirga çiquvçi birinçi pullik kabel telekanaliga aylandi.