2018 yilning kuziga kelib, Gonkong dunyoda kompaniyalar uçun xodimlarni joylaştiriş böyiça eng qimmat şaharga aylandi. Bundan Savills kompaniyasining materiallari darak bermoqda.

Tahlilçilarning ma'lumotiga köra, Xitoy işbilarmonlar markazida bir xodim uçun uy-joy va ofis xonasini ijaraga olişning örtaça qiymati yiliga 112,4 ming dollarga yetdi. Reytingda ikkinçi örinni Nyu-York egalladi, bu yerda yuqoridagi körsatkiç 108.2 ming AQŞ dollariga teng, uçinçi - London (96 ming dollar). 

Şuningdek, biznes uçun eng qimmat megapolislar öntaligiga Tokio, Amsterdam, San-Frantsisko, Dubay, Dublin, Parij va Pekin ham kiritildi.

Umuman olganda, sönggi 12 oy mobaynida jahonning töqqizta yirik biznes markazida işçilar uçun xarajatlar qiymati kamaydi, 24tasida oşdi. Eng katta ösiş Xitoyning Tyantszinida (+15 foiz), eng katta pasayişi - Rio-de-Janeyro (9,5 foiz).