Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA) Ijroiya Qömitasi 1 oktabr kuni taşkilotning sobiq prezidenti Çing-Kuo Vu va sobiq ijroçi direktor Xo Kimni umrbod boksdan çetlatiş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda AIBA öz saytida rasmiy bayonot bilan çiqqan.
Bayonotda aytilişiça, Ijroqömning uşbu qarori ratifikatsiya qiliş uçun noyabr oyida bölib ötadigan taşkilot Kongressi kun tartibiga kiritiladi.
Qayd etilişiça, qömitaning bunday qarorga kelişiga «K2 Intelligence» tergov guruhining xulosalari asos bölgan. Unga köra, Çing-Kuo Vu va Xo Kim taşkilot rahbari sifatida faoliyat yuritgan vaqtda öz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan hamda moliyaviy boşqaruvda notöğri yondaşuvni qöllagan.
«K2 Intelligence» tergov-suriştiruv kompaniyasining xulosasi AIBA Kongressida iştirok etuvçi taşkilotga a'zo milliy federatsiyalarga tarqatiladi. Kongressda uşbu qaror yakuniy ovozga qöyiladi.
«Ijroiya Qömita bölib ötgan köngilxiraliklarni butkul ötmişda qoldiriş kerak, deb hisoblaydi. AIBA va havaskor boks avvalgi rahbariyatning öz vazifasiga beparvolik bilan yondaşgani va moliyaviy boşqaruvni notöğri yölga qöygani bois ötgan bir yil davomida jiddiy qiyinçiliklarga duç keldi», - deya ma'lum qilgan taşkilot ijroçi direktori Tom Virjyets.
Virjyetsning ta'kidlaşiça, «taqdim etilgan xulosalar kölami kişini hayratda qoldiradi».
Ma'lumot örnida, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi Ijroiya qömitasi 2017 yil noyabr oyi boşida Çing-Kuo Vuni qator intizomiy ayblovlar va moliyaviy rastratada gumonlab, uni qömitadan vaqtinçalik çetlatiş töğrisida qaror qabul qilgan edi. Şundan söng noyabr oxirida tayvanlik funktsioner öz xohişi bilan prezidentlikdan iste'foga çiqqan. 2018 yil yanvarida bölib ötgan Kongress majlisi Vuga nisbatan işonçsizlik votumi bildirganidan söng, uning örniga özbekistonlik tadbirkor Ğofur Rahimov prezident vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlangan edi.
AIBA`ning navbatdagi Kongressi şu yilning 2-3 noyabr kunlari Moskvada bölib ötadi. Unda taşkilotga yangi prezident saylaş masalasi ham körib çiqiladi.









