Minnesota universiteti va Mayo klinikasi olimlari köplab meva-sabzavotlar tarkibida mavjud bölgan fizetin moddasi inson salomatligi va umri davomiyligiga ijobiy ta'sir körsatişini aniqlaşdi. Bu haqda EurekAlert! portalida keltirilgan matbuot relizida aytilmoqda.

Yoş ötgani sari inson organizmida hujayralarning qariş va zararlangan hujayralarning töplaniş jarayoni yuz beradi, deyiladi matbuot relizida.

Yoşlikda immun tizimi organizmni bunday hujayralardan oson tozalaydi, ammo vaqt ötgani sayin tozalaş samaradorligi pasayib boradi va organizmda zararlangan hujayralar töplana boşlaydi.

Tadqiqotçilar qari siçqonlarda tajriba ötkazişdi va fizetin organizmdagi zararlangan hujayralar miqdorini kamaytirişini, bu esa öz navbatida salomatlik va umr köriş davomiyligiga ijobiy ta'sir körsatişini aniqlaşdi.

Tadqiqot natijalariga köra, fizetin yordamida organizmning soğlomlik davrini uzaytiriş mumkin.  

Avvalroq AQŞlik olimlar guruhi taom iste'mol qiliş oraliğini oşiriş salomatlik va uzoq umr körişga ijobiy ta'sir qilişini aniqlaşgandi.