Boks bir neça sabablarga köra olimpiya dasturidagi öz joyini yöqotişi mumkin, Xalqaro boks uyuşmasi (AIBA) rahbari lavozimiga Ğofur Rahimov nomzodining ilgari surilişi bu taşkilotning yagona muammosi emas. Bu haqda Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax matbuot anjumanida ma'lum qildi, deya xabar beradi TASS.

Özbekiston vakili Rahimov AIBA rahbari lavozimiga yagona nomzod sanaladi. AQŞ Moliya vazirligining çet el aktivlarini nazorat qiliş böyiça departamenti Rahimovni sanksiyalar röyxatiga kiritdi, XOQ unga uşbu lavozimga öz nomzodini ilgari surişi boksning olimpiya maqomini saqlab qoliş masalasiga ta'sir qilişi mumkinligi haqida xabar berdi.

«Gap faqatgina AIBA prezidenti lavozimiga nomzod [Rahimov] haqida ketayotgani yöq. Xalqaro olimpiya qömitasi ijro qömitasi AIBA boşqaruvining yaxlit körinişi asosida öz pozitsiyasini bayon qildi. Sönggi ikki oy içida qabul qilingan qarorlarni bizga, agar sodda tilda aytadigan bölsak, tuşuniş qiyin böldi», - deydi Bax.

«Masalan, hakamlik, boşqaruv, moliya masalalari hal etilişi kerak. Şuning uçun bu butun holatga bölgan munosabatdir», - deya qöşimça qilib ötdi u.

XOQ rahbarining ma'lum qilişiça, xalqaro sport federatsiyalari mustaqil taşkilot hisoblanadi hamda öz içki muammolarini özi hal qiliş huquqiga ega, ammo XOQ Olimpiya qadriyatlariga zid qarorlarni qabul qilmaydi. «Biz Olimpiya öyinlari, boşqa xalqaro federatsiyalarning obrösini himoya qilişimiz kerak. Boks böyiça musobaqalar adolatli ötişini ta'minlaş uçun barça işni qilamiz», - deya ma'lum qildi u.

«Yaxşi bilasizlarki, bu yerda, ösmirlar Olimpiya öyinlarida, auditorlar tomonidan tekşiriladigan va öyinlar vaqtida doimiy nazorat ostida qoladigan mustaqil hakamlik tizimi böladi», - deya bildirib ötdi XOQ rahbari. 

Eslatib ötamiz, avvalroq XOQ Ğofur Rahimovga 2018 yilgi ösmirlar Olimpiya öyinlariga borişni taqiqlagani xabar qilingandi.

Xalqaro olimpiya qömitasi boş direktori Kristof De Kepperning ma'lum qilişiça, qömita «AIBA bilan iş böyiça munosabatlardan taşqari, barça aloqalarni hamon muzlatib qöygan».