Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Xalqaro havaskorlik boks uyuşmasi (AIBA) vaqtinçalik rahbari Ğofur Rahimovga 2018 yilgi ösmirlar Olimpiya öyinlariga taşrif buyurişni taqiqlab qöydi, deb xabar bermoqda Insidethegames.
Xalqaro olimpiya qömitasi boş direktori Kristof De Kepperning ma'lum qilişiça, qömita «AIBA bilan iş böyiça munosabatlardan taşqari, barça aloqalarni hamon muzlatib qöygan», deb yozmoqda R-sport.
Özbekiston vakili Rahimov AIBA rahbari lavozimiga yagona nomzod sanaladi. AQŞ Moliya vazirligining çet el aktivlarini nazorat qiliş böyiça departamenti Rahimovni sanksiyalar röyxatiga kiritdi, XOQ unga uşbu lavozimga öz nomzodini ilgari surişi boksning olimpiya maqomini saqlab qoliş masalasiga ta'sir qilişi mumkinligi haqida xabar berdi.
Xalqaro olimpiya qömitasi ijro qömitasi payşanba kuni taşkilotdagi saylovlar bilan boğliq vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi va AIBA’ni 2020 yilgi öyinlardan boşlab Olimpiya oilasidagi joyidan mahrum bölişi mumkinligi haqida xabardor etdi.
Ösmirlar örtasidagi Olimpiya öyinlari 6-18 oktabr kunlari Buenos-Ayresda (Argentina) bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AIBA Ijroqömi taşkilotning sobiq rahbarlarini boksdan umrbod çetlatişga qaror qilgandi.









