UFC chempioni kamari sohibi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanni raqibining kechikayotgani sababli u boshlangandan 15 daqiqa o‘tib tark etdi.
Matbuot anjuman davomida savollarga faqat Nurmagomedovning o‘zi va UFC prezidenti Deyna Uayt javob bergan. Irlandiyalik esa rossiyalik jangchi ketgandan 10 daqiqa o‘tib kelgan va tirbandliklar sababli kech qolganini aytgan.
“Muxlislarga katta rahmat, ularsiz bu jang bo‘lmasdi. Biroq men bu bolani 15 daqiqadan beri kutmoqdaman, u esa hamon yo‘q. Bu hurmatsizlikdir. Ertaga vazn o‘lchash marosimida uchrashamiz”, deb aytgan Nurmagomedov ketishidan avval.
Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabrda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.








