«Konor şartnomani imzoladi, Serrone tayyor», deb aytgan Uayt.

Irlandiyalik özining oxirgi jangini 2018 yil oktyabrda Xabib Nurmagomedovga qarşi ötkazib, unga muddatdan oldin mağlub bölgandi.

2019 yil martda Makgregor sport faoliyatini yakunlaşini e'lon qilgan, biroq köp ötmay sportga qaytişga qaror qilgan. 31 yoşli sportçi UFC’ning eng taniqli jangçilaridan sanalib, 25 ta jangdan 21 tasida ğalaba qozongan, 4 marta mağlubiyatga uçragan. U birinçi çempionlik unvonini 2015 yilda qölga kiritgan hamda UFC’ning ikki vazn toifasida çempioni bölgan birinçi jangçisi hisoblanadi.

Serrone esa ança tajribaliroq bölib, 50 ta jang ötkazgan va ulardan 36 tasida ğalaba qozongan, 13 tasida mağlubiyatga uçragan, yana bitta jangi bölib ötmagan deb topilgan. “Kovboy” laqabli 36 yoşli Serrone UFC afsonasi hisoblanadi. U sentyabrda ötkazgan oxirgi jangida hamyurti Jastin Gejiga texnik nokaut bilan yutqazgan.