YouTube servisi ikki kundan beri Özbekistonda uzilişlar bilan işlamoqda.
Muammolar 3 oktabrdan 4 oktabrga ötar keçasi boşlandi. Dastlab videoni tomoşa qilişda qiyinçiliklar yuzaga keldi, keyin esa sayt umuman oçilmay qoldi.
3 oktabr kuni butun dunyoda sodir bölgan Instagram işidagi uzilişdan farqli ölaroq, bu safar muammolar faqatgina ayrim mamlakatlarda kuzatildi.
Agar 4 oktabrda Downdetector servisi episentrlardan biri sifatida Özbekistonning faqat bir qismini körsatgan bölsa, 5 oktabrda bu muammo butun mamlakatni qamrab oldi.

Uzilişlar böyiça issiqlik xaritasidan köriş mumkinki, Ğarbiy Yevropadagi alohida davlatlar, AQŞ va Moskvada ham xizmatdan foydalanişda qiyinçiliklar paydo bölgan.
Uşbu muammolar fonida iOS uçun ilk bor YouTube ilovasi bu yil birinçi marta Özbekistondagi foydalanuvçilar orasida yuklab olişlar soni böyiça yetakçiga aylandi. Uşbu holatni ilova orqali muammolar kuzatilmayotganligi bilan izohlaş mumkin.








