Jahon | 15:40 / 08.10.2018
29761
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko urushga tayyorgarlik haqida gapira boshladi

Foto: STV

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Brest oblastidagi harbiy poligonga safari chog‘ida ma'lum qilishicha, urush yuz beradigan bo‘lsa, respublikaning barcha aholisi qurol-yarog‘ bilan ta'minlanadi. Bu haqda «Poytaxt televideniyesi» reportajida ma'lum qilingan.

«Men bir paytlar hazillashib aytgandim, agarda bizda o‘qotar qurollar - avtomatlar, to‘pponchalar, pulemyotlar va ularga o‘q-dorilar yetarli bo‘lsa, - urush yuzaga kelsa, biz ularni har bir oilaga tarqatib chiqamiz. Biz o‘z hududimizni hammamiz himoya qilamiz... Bolalarni olib chiqib ketamiz», - dedi davlat rahbari.

«Keksalar va hattoki ayollar: yetti million kishi - yetti million odam o‘zini himoya qilish uchun qurolga ega bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Xuddi o‘sha safarda Lukashenkoning ta'kidlashicha, respublikaga faqatgina mudofaa qurollariga ehtiyoj bor, ular Belarus bilan urushmoqchi bo‘lganlarga jiddiy zarar yetkazishga qodir bo‘lishi lozim. «Bu masofasi 300-350 kilometrgacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi raketa qurollaridir. Bizda hamma narsa bor», - deya xulosa qildi prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarusda «erkaklar qolmayotganidan» tashvish bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid