Jahon | 12:31 / 08.10.2018
5536
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo AQSh Xitoy bilan qaysi sohada hamkorlik qilmoqchi ekanini aytdi

Foto: AFP-JIJI

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, KXDR yadrosizlanishi munosabati bilan Qo‘shma Shtatlar bilan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda siyosatchi tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyga qilgan safari chog‘ida u Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari Vang I, shuningdek, Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kantselyariya rahbari Yan Tszechi bilan uchrashmoqchi.

«Qo‘shma Shtatlar va Xitoy uchun KXDRning yakuniy va to‘liq tekshirilishi mumkin bo‘lgan yadrosizlanishi hamda sanksiyalarga rioya etishni ta'minlash borasida birgalikda ishlash muhim», - dedi Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid