Özbekistonga investitsiya kiritiş va turizmni rivojlantiriş yölidagi eng katta tösiq bu - havo yöllari, uni muayyan texnik talablarni bajaruvçi barça mamlakatlar uçun oçiş kerak. Turkiya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ahmad Başar Şen KUN.UZ muxbiriga şu haqida intervyu berdi.

"Turkiya turizm sohasida ilğor mamlakatlar qatorida ekanini hamma yaxşi biladi. Mamlakat faqatgina turizmning özidan 30 milliard dollar daromad köradi. Turkiya eng köp sayyoh qabul qiluvçi top davlatlar beştaligidan örin olgan. Şu sababli özbek qardoşlarimiz bu sohani rivojlantiriş borasida Turkiya tajribasini örganiş tarafdori, zero Özbekistonning turizm borasidagi salohiyati juda katta", - deydi elçi.
Uning sözlariga köra, Özbekistonning salohiyati ayniqsa ziyorat turizmi, tabiiy turizm va umuman ixtisoslaşgan turizm turlari böyiça yuqori. Turkiya esa bu yönalişlarda katta tajribaga ega. Ahmad Başar Şenning ma'lum qilişiça, özbekistonlik mutaxassislar Turkiyaga borib, u yerdagi muzeylar faoliyatini örganişmoqda, ikki mamlakat bir neça marta delegatsiyalar bilan almaşgan.
"Bundan taşqari, Özbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş kerak. Bu yönalişda infratuzilmani butunlay qamrab oluvçi yagona dastur tuzib oliş lozim. Turkiya tomon bu iş böyiça öz mutaxassisi Sodiq Badakni Özbekistonga taklif etdi. Turizm sohasida yana bir mutaxassisimiz uç oy "Özbekiston havo yöllari"da işladi. U tizimni takomillaştiriş ustida iş olib bordi. Bular bari tizimli masalalar", - qöşimça qiladi u.
Elçining ta'kidlaşiça, Turkiyada Özbekistonga turizm sohasiga investitsiya olib kiriş haqida e'lon qilingan. Bugunga kelib Özbekistonda, jumladan Samarqand va Buxoro şaharlarida mehmonxona qurişni boşlagan turkiyalik işbilarmonlar bilan birga mehmonxona quriş istagidagi yana boşqa kişilar ham bor.
"Özbekistonga kelib, investitsiya kiritiş, uning rivojiga hissa qöşiş istagidagi işbilarmonlar talaygina, biroq bu yölda bir muammo bor - Özbekiston özining havo yöllari tizimini oçişi kerak. Masalan, Turkiyaga dunyoning turli burçaklaridan parvozlar amalga oşiriladi, xohlagan odam xohlagan şahriga kelib ketaveradi. Eng köp sayyoh Rossiyadan, ya'ni uning turli şaharlaridan keladi - 2018 yilning ilk sakkiz oyidayoq 6 million rossiyalik Turkiyaga sayohat qilgan. Turkiyaga parvozlarning texnik şartlari bor, masalan, bu yerga keluvçi samolyotlarning işlab çiqarilganiga 50 yildan köp vaqt ötmagan bölişi kerak. Şu kabi texnik jihatlar muvofiq kelsa, heç qanday tösiq yöq. Özbekiston esa bu borada ança rivojlanişi lozim - bu yerga barça respublikalardan samolyotlar parvoz qilişi muhim. Şunda öz-özidan Özbekistonga sarmoya olib kiruvçi investorlar soni köpayadi, tabiiyki turizm şiddat bilan rivojlanadi",













