AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli öz lavozimini tark etdi. Donald Tramp uning iste'fosini qabul qilganini ma'lum qilgan.

«U menga 6 oy oldin dam oliş haqida öylayotganini aytgandi», degan Tramp.

Reuters agentligi xabarida qayd etilişiça, Tramp Xeylini qadrlaydi va uning qaytişiga umid bildiradi. 

Axios naşrining yozişiça esa Xeylining ketişi Tramp ma'muriyati uçun syurpriz böldi.

Hozirça Xeylining örnini kim egallaşi ma'lum emas.

Xeyli xonim 2017 yilning yanvaridan buyon uşbu lavozimda faoliyat körsatib kelayotgandi.

Saylovoldi kampaniyasi vaqtida u Trampning tarafdori emasligini aytgan, praymeriz vaqtida avvaliga Marko Rubioni, keyin Ted Kruzni qöllab-quvvatlagandi.

Asli kelib çiqişiga köra Hindistondan bölgan (sikh muhojirlariga mansub) Xeyli 2010 yilda Janubiy Karolina ştati gubernatorligiga saylangan va AQŞdagi eng yoş gubernatorga aylangandi.