Özbekiston böylab tört qismdan iborat hojatxona konstruksiyalari örnatilmoqda. Ayni damda quyoş panellari yordamida ularni töliq avtonomlaştiriş ustida iş olib borilmoqda. KUN.UZ muxbiri "Ipak yölida turizm" körgazmasi doirasida RiaBuildingConstructionGroup kompaniyasi direktori Asliddin Tuksanov bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

"Mazkur yönalişda biz Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Bugunga kelib biz Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlarida sayyohlar uçun hojatxona konstruksiyalarini  örnatdik. Yaqinda Şahrisabzda bölib ötgan Maqom festivali oldidan u yerda ham hojatxonalar örnatildi. U yerda örnatgan hojatxonalar tört qism - erkaklar, ayollar hojatxonasi, imkoniyati çeklangan kişilar uçun hojatxonalar hamda yurtimizda ziyorat turizmi rivojlanayotganini inobatga olgan olgan holda tahorat xonalaridan iborat", - deya ma'lum qiladi Asliddin Tuksanov.

Ularning qulayligi şundan iboratki, bunday hojatxonalarni qurişga hojat yöq, konstruksiyalarni kerakli joyga olib borib joylaştiriladi, xolos.

"Hozir biz ularni 100 foiz avtonomlaştiriş ustida iş olib boryapmiz. Ular suv batlari bilan ta'minlangan bölib, quyoş batareyalarida işlaydi. Endi boylerlarni ham quyoş batareyalariga boğlaş variantini körib çiqyapmiz. Ular narxiga köra ham raqobatbardoş bölişiga harakat qilyapmiz. Kelgusida barça hojatxona konstruksiyalarimiz töliq avtonom bölişiga erişişni rejalaştiryapmiz, ya'ni qanday hududga joylaştirişingizdan qat'i nazar, ularda çiroq va suv böladi", - deydi mutaxassis.

Asliddin Tuksanovning ta'kidlaşiça, bu hali nisbatan yoş loyiha. Bugunga kelib hojatxona konstruksiyalari Toşkent viloyatining sayyohlar köp taşrif buyuruvçi bir neça hududlarida örnatilgan bölsa, hozir yana boşqa turistik zonalarda örnatişga doir loyihalar bor. Şahrisabz şahrida oltita katta avtonom hojatxona örnatildi. Ayni damda Xorazm va Samarqand  viloyatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ma'lum bir kelişuvga erişilganidan söng işga kirişiladi.

"Hammasi endi boşlanyapti. Nasib qilsa, yiliga minglab  konstruksiya örnatadigan darvlar ham kelib qolar", - deya umid bildiradi u.