Yaqin tört yil içida Rossiyaning «Siloviye maşini» kompaniyasi Özbekistondagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi - Sirdaryo IESni modernizatsiya qiladi.

OAV ma'lumotlariga köra, loyihaning qiymati 187,3 million dollar. Töğridan-töğri moliyalaştiriş, asosan, Rossiyaning Vneşekonombanki tomonidan 132 million dollarlik kredit hisobidan amalga oşiriladi. Qolgan mablağlar Özbekiston hukumati tomonidan ajratiladi.

Foto: Svetlana Xolyavçuk/Interpress

Aniqlik kiritilişiça, stansiyaning oltita energobloki modernizatsiyasi ularning umumiy quvvatini 1,8 ming MVt.dan 1,95 ming MVt.gaça oşiriş bilan uç bosqiçda amalga oşiriladi va 2022 yilda yakunlanadi. Şartnoma qiymati 177,1 million dollarni taşkil etadi.

Sirdaryo IES 1981 yilda foydalanişga topşirilgan. Uning örnatilgan quvvati bugungi kunda 3,2 MVt.ni taşkil etadi. Elektr energiyasining yillik işlab çiqariş hajmi - 13 mlrd KVt.soatni yoki Özbekistonda işlab çiqarilgan elektr energiyasining 30%dan ortiğini taşkil etadi.