Haqiqiy sadoqat sekin ösadigan ösimlikka öxşaydi. Ekişdan avval yerni, ekiladigan niholni tanlaş lozim böladi. Inson qalbini yer desak, sadoqat nozik niholdir. U avaylab ekiladi. Toki yer – qalbga ham, nihol – sadoqatga ham şikast yetmasin. Bu niholni öz holiga erkin qöyiş yoki haddan ortiq siquvda uşlaş ham yaramaydi. Sadoqat e'tiborni, ayni paytda erkinlikni xuş köradi. Eng asosiysi, u bilan munosabatda sabrli böliş talab etiladi. Sadoqat sekin ösadi, muhimi – uni taşqi ta'sirlardan asraş.  Şuning uçun ham bu nihol içkariga – qalbga ekiladi. Uni Ollohdan va öşa sadoqat egasidan boşqasi körmaydi. 

YouTube’da köriş

Facebook'da köriş

Audio versiyasini tinglaş

Umuman, bu dunyoda hamma iş sabrni talab etadi. Qoidaga amal qiliş bilan taşvişlar çekinişi, bu dunyoda muammosiz bitgan iş balki Oxiratda ham tez bitişi mumkin. Ammo bu dunyoda qaysi iş sabr bilan sekin amalga oşsa, Oxiratda natijasi gözal va tuganmas bölişi aniq. Sadoqat sotib olinmaydi. Sadoqat Tangrining nazari tuşgan qalblarga örnaşadi. Zero, sadoqati yöqning qalbi yaroqsiz bir matohdir.


Zahiriddin Mansur

Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar