Argentina poytaxti Buenos-Ayres şahrida ötayotgan III yozgi ösmirlar Olimpiya öyinlarida baydarka va kanoeda eşkak eşiş bahslari öz nihoyasiga yetdi. Uşbu bahslarda Özbekiston şarafini himoya qilgan Islomjon Abdusalomov delegatsiya hisobiga navbatdagi kumuş medalni qöşib qöydi.

Kanoening yakkama-yakka bahslarida qatnaşgan Islomjon dastlab saralaş bahslarida muvaffaqiyatli qatnaşdi. Çorak finalda Vengriya, yarim finalda Çexiya vakillarini ortda qoldirdi. Hal qiluvçi final bahsida esa qozoğistonlik sportçidan kiçik farq bilan ortda qolib, oltin medalni boy berdi.

Bu Özbekiston terma jamoasi uçun Argentinadagi Olimpiya öyinlarida qölga kiritilgan yettinçi medal böldi. Delegatsiya jamğarmasida 2 ta oltin, 3 ta kumuş va 2 ta bronza medallari mavjud.

Foto: Anvar Ilyasov