Dollarning rasmiy kursi 8200 so‘mlik nuqtadan o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 16 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 26,96 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8208,04 so‘mga yetgan. Bu dollarning rasmiy kursi ilk marta 8200 so‘mlik nuqtadan o‘tishi bo‘lmoqda.
1 yevro 63,08 so‘mga ko‘tarilib, 9490,14 so‘mni tashkil qildi.
1 Rossiya rubli 1,12 so‘mga o‘sdi va 1 rubl 123,85 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.
Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Mavzuga oid
21:14 / 11.11.2022
Dollarning rasmiy kursi 11200 so‘mdan oshdi
17:01 / 19.05.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastga tushdi
16:50 / 06.04.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
16:18 / 16.03.2022