Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi rahbari Çen Isin sunʼiy intellekt mamlakat milliy xavfsizligi uçun xavf-xatarlar tuğdirişi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi NDTV.
Uning taʼkidlaşiça, “duşman kuçlar” sunʼiy intellektdan siyosiy miş-mişlar va zararli maʼlumotlarni tarqatiş hamda Xitoyga qarşi “kognitiv uruş” olib boriş uçun foydalanmoqda. Çen sözlariga köra, bunday texnologiyalar mamlakatning siyosiy, institutsional va mafkuraviy xavfsizligiga bevosita tahdid soladi.
Şuningdek, u sunʼiy intellektning kiberhujumlar uçun imkoniyatlari rivojlanayotgani sababli muhim axborot infratuzilmasiga ham tahdid borligidan ogohlantirdi. Idora rahbarining qayd etişiça, xorijiy maxsus xizmatlar davlat maʼlumotlari, tijorat sirlari va fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlarini öz içiga olgan maxfiy axborotni keng miqyosda yiğiş uçun intellektual tizimlardan foydalanmoqda.
Çen sunʼiy intellektni global texnologik raqobatning asosiy yönalişlaridan biri va yirik davlatlar örtasidagi strategik raqobatning yangi maydoni deb atadi. U Xitoyni sunʼiy intellekt modellarini örgatiş uçun zarur bölgan ilğor kompyuter çiplarini işlab çiqariş kabi asosiy texnologiyalarda mustaqillikni taʼminlaşga çaqirdi.
Bu ogohlantiriş Xitoy raisi Si Jinping va AQŞ prezidenti Donald Trampning Vaşingtondagi uçraşuviga tayyorgarlik körilayotgan bir paytda yangradi. Xavfsizlik va sunʼiy intellektni tartibga soliş masalalari muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bölişi kutilmoqda.
Bir kun avval AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama, agar hukumat sunʼiy intellekt rivojini nazorat qilişning aniq qoidalarini işlab çiqmasa, u xavfli tus olişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

















