Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasining 4-turida Angliya termasini qabul qilib, 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Şu tariqa, Piriney yarimoroli jamoasining öz maydonida ötgan rasmiy uçraşuvlardagi 15 yillik mağlubiyatsiz seriyasi barham topdi. Ispaniya rasmiy öyin mezboni sifatida sönggi marta 2003 yil iyun oyida Yevro-2004 saralaşi doirasida Gretsiyaga imkoniyatni boy bergan edi – 0:1.
Şundan buyon ötgan 5609 kun davomida «qizil furiya» öz maydonidagi ahamiyatli bahslarning 34tasida ğalaba qozonib, 4ta durang qayd etgan. Jami hisobda 38 öyindan buyon ispanlarni öz yurtida keçgan rasmiy bahsda mağlub etadigan terma jamoa topilmayotgan edi.
Yana bir diqqatga sazovor jihat şundaki, Ispaniya termasi öz uyidagi rasmiy öyinlarda hali heç qaçon bu qadar köp gol ötkazib yubormagan edi. Inglizlar keçagi bahsda uçta gol kiritib, ispanlarning bu boradagi tarixiy natijasiga ham çek qöyişdi.












