Millatlar Ligasi 5-turidan örin olgan navbatdagi öyinlar ötkazildi. 

Xorvatiya terma jamoasi öz maydonida Ispaniyani qabul qilib, irodali ğalabaga erişdi. Gollarga boy bölgan uçraşuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Uçraşuvning 54-daqiqasida Kramariç hisobni oçgan bölsa, oradan 2 daqiqa ötib, Sebalos farqni yöqqa çiqardi. 69-daqiqada Yedvay yana mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi, biroq ispanlar 9 daqiqadan söng Ramosning 11 metrlik jarimadan unumli foydalangani evaziga hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi. Mezbonlarga ğalaba keltirgan gol 93-daqida Yedvay tomonidan kiritildi. 

Belgiya terma jamoasi esa öz maydonida Islandiyani qabul qilib, işonçli ğalabaga erişdi 2:0. Ikki golga ham Batşuayi mualliflik qildi. 

Xorvatiya – Ispaniya 3:2 (0:0, 3:2)

Gollar: 1:0 – 54 Kramariç, 1:1 – 56 Sebalos, 2:1 – 69 Yedvay, 2:2 – 78, penalti Ramos, 3:2 – 90 Yedvay.
Xorvatiya – Kaliniç, Lovren, Yedvay, Vrsalko, Vida, Modriç, Brozoviç, Perişiç, Rakitiç (Vlaşiç, 68), Rebiç (Brekalo, 74), Kramariç (Pyatsa, 89).
Ispaniya – De Xea, Ramos, Alba, Serdji Roberto, Martines, Saul (Suso, 74), Buskets, Sebalos, Isko, Rodrigo (Asensio, 61), Aspas (Morata, 64).
Ogohlantirişlar: Rebiç (70), Buskets (87), Perişiç (88), Sebalos (90).

Belgiya – Islandiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 65 Batşuayi, 2:0 – 81 Batşuayi.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani (Denayyer, 84), Boyata, Mene, Vittsel, Tilemans, Azar, Azar (Vanaken, 75), Batşuayi, Mertens (Yanuzay, 75).
Islandiya – Xalldoursson, Skulason, Ingason, Foluson, Arnason, Sigurdsson (Sigtorsson, 64), Paulsson, Traustason, Gunnarsson, Gudmundsson (Torsteynsson, 87), Magnusson.
Ogohlantirişlar: Gudmundsson (31), Kompani (52), Boyata (66).

Lyuksemburg – Belarus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 37 Dragun, 0:2 – 54 Dragun.

San-Marino – Moldova 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 77 Domaşkan.

Andorra – Gruziya 1:1 (0:1, 1:0)