«Real» himoyaçisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi tarkibida Angliyaga qarşi öyinda maydonga tuşişi kutilmoqda.

Agar bu iş amalga oşsa, Ramos «Qizil furiya» tarkibidagi öyinlari sonini 160taga yetkazib oladi. Bu körsatkiç böyiça milliy rekord Iker Kasilyasga tegişli bölib, 167ta öyinga teng.

Dunyo rekordi esa Misr terma jamoasining sobiq hujumçisi Ahmad Hasanga tegişli. U 184 marta «fir'avnlar» libosda maydonga tuşgan.

Millatlar Ligasidan örin olgan Ispaniya - Angliya öyini 15 oktabr kuni soat 23:45da boşlanadi.