Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston va Rossiya hukumatlari örtasida respublika hududida atom elektr stansiyasini loyihalaştiriş va quriş töğrisidagi kelişuvni tasdiqlovçi qarorni imzoladi. Kun.uz muxbiri öz manbasiga asoslanib, şu haqida xabar bermoqda.

Hujjat bilan hukumat va tegişli idoralar rahbarlariga Özbekistonning kelişuv doirasidagi majburiyatlari ijrosi nazoratini ta'minlaş topşirilgan.

Ta'kidlaş joizki, joriy yilning 7 sentyabrida Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi boş vazirlari Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev tomonidan AES qurişga doir kelişuv imzolangan edi.

Mazkur hujjat Özbekistonda har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikki energoblokdan iborat atom elektr stansiyasini loyihalaştiriş, quriş va ekspluatatsiyaga kiritişni nazarda tutadi.

Bundan avval KUN.UZ'da Navoiy va Buxoro viloyatlari çegarasidagi Tödaköl atrofidagi hududlar AES qurilişi uçun salohiyatli maydon sifatida körilayotgani ma'lum qilingan edi.

"Özatom" agentligi direktori Jörabek Mirzamahmudovning sözlariga köra, Özbekistonda atom elektr stansiyasining qurilişi elektr energiya tizimni barqarorlik, tejamkorlik va ekologik xavfsizlik bilan ta'minlaydi.