Sport | 07:36 / 21.10.2018
45736
2 daqiqa o‘qiladi

El klasiko Leosiz o‘tadi - Messi uch haftaga safdan chiqdi

Foto: Getty Images

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 10-turida bo‘lib o‘tadigan «Real»ga qarshi o‘yinni qo‘li jarohatlangani bois o‘tkazib yuboradi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, u qo‘li singani sababli uch haftaga safdan chiqqan va oltita o‘yinni, jumladan chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan «Inter» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinni hamda «klasiko»ni o‘tkazib yuboradi. 

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (4:2) jarohat olgan va birinchi taymning o‘rtalarida maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

«Barselona» — «Real» uchrashuvi 28 oktabrda «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu mavsumda Messi «Barselona» safida jami 12ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol kiritdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid