TORINO – YuVeNTUS (11 yanvar, 22:00)

Kuçli beşlik çempionatlarida birinçi davra yakunlari böyiça faqat ikki jamoa mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Birinçisi Fransiya çempionati peşqadami «PSJ»ning holati tuşunarli, zero u yerda parijliklarga nisbatan keskin raqobat qila oladigan raqibning özi yöq. Ammo «Yuventus»ning vaziyati tuşunarsiz, şu bilan birga u qadar ijobiy baholaş ham qiyin. Çunki «Yuventus» hali mağlubiyatga uçramagan bölsa-da, ğalabalar soni böyiça peşqadam «Napoli»dan ikki barobar kam körsatkiçga ega. «Yuventus» A Seriya doirasida allaqaçon 11 öyinda durang qayd etib ulgurdi. Qiziği, bu körsatkiçni faqat yangi murabbiy Mottaning jamoa tizimiga yangi ekani bilangina boğlaş ham qiyin, zero «Yuventus» ötgan mavsumda ham ligada eng köp durang öynagan jamoalardan biri bölgandi – 14 ta.

Ayni pallada «Yuventus» 32 oçko bilan 5-örinda bormoqda, ammmo törtinçi örindagi «Latsio»ga nisbatan ikki öyin zaxirasi borligini inobatga olsak, turinliklarda kuçli törtlikka qaytişga imkoniyat yaxşi. Ammo boşqa tomondan Motta jamoasining A Seriyadagi keyingi uç öyini «Atalanta», «Napoli» va «Milan»ga qarşi ekanini e’tiborga olsak, bu turda ğalaba qozoniş şartligini ta’kidlaş kerak. Ortdan ergaşib kelayotgan «Milan» va «Roma» öz murabbiylarini almaştirib ulgurişdi va agar turinliklar yuqorida sanalgan öyinlarda oçkolar yöqotişni davom ettirsa, yanada pastroqqa qulaş va hatto Mottaning iste’fosi haqida gap-sözlar köpayişi mumkin. Buning ustiga «Yuventus» Çempionlar Ligasida ham u qadar zör ketmayapti, ötgan haftada esa Superkubok yarimfinalida «Milan»ga yutqazib qöydi.

«Torino» esa turnir jadvalida qanday örinda bormasin, derbida «Yuventus»ga yetarliça muammo tuğdira olişi sir emas. Ayniqsa öz maydonidagi öyinlarda. Aynan «Torino» maydonida ötgan oxirgi 7 öyinda yo durang qayd etilgan yoki «Yuventus» atigi 1:0 hisobida ustun kelgan. Ötgan mavsumdagi derbida hisob oçilmagandi.»Yuventus» mezbon hisoblangan javob öyinida esa 2:0 hisobi qayd etilgan. Boşqa tarafdan, oxirgi 25 derbida «Torino» atigi bir marta ğalaba qozonganini ham ta’kidlaş lozim. Bu ğalaba 2015/16 mavsumiga töğri kelib, oradani ön yilga yaqin vaqt ötdi.

Tarkiblarga kelsak, «Yuventus» tarkibida Konsensau va Vlaxoviç oy oxirigaça şeriklariga yordam bera olişmaydi. Kambiyassoda virus aniqlangan. Şuningdek, Manuel Lokatelli «Fiorentina» bilan öyinda olgan sariq kartoçkasi tufayli diskvalifikatsiyaga uçragan. Mezbonlar safida Gineitis va Şuursda jarohatlar bor. Duan Sapata mavsum oxirigaça safdan çiqqan.

ARSeNAL – MANÇeSTeR YuNAYTeD (12 yanvar, 20:00)

Uşbu dam oliş kunlari Angliyada tur öyinlari ötkazilmaydi. Jamoalar futboldagi eng quhna turnir hisoblanmiş Angliya kubogi bahslarida navbatdagi bosqiç öyinlarini ötkazadilar. Bu bosqiçdan APL jamoalari ham qöşilişi barçaning e’tiborini uşbu turnirda jamlaydi. Aksariyat top-klublar quyi liga vakillariga raqib bölişgan. «Arsenal» va «Mançester Yunayted»ning bu bosqiçdayoq töqnaş kelişi esa tabiiyki, uşbu öyinni dam oliş kunlarining markaziy uçraşuviga aylantirdi.