“Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz”, “Toshkent-O‘sh” va “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘llariga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilib, ishga tushirilgan bo‘lib, 2018 yilning 16 fevralidan hozirga qadar 80 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ushbu yo‘llarda Toshkent shahriga tegishli 27007 ta avtomobil belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini sodir etganligi aniqlandi.
Boshqa viloyatlarga tegishli avtomobillar bo‘yicha bu boradagi ko‘rsatkich quyidagicha: Toshkent viloyati – 14088, Samarqand viloyati - 6371, Farg‘ona viloyati - 4874, Qashqadaryo viloyati - 4811, Jizzax viloyati - 4336, Sirdaryo viloyati - 4281, Andijon viloyati -3216, Namangan viloyati - 2739, Surxondaryo viloyati - 2367, Buxoro viloyati - 1444, Navoiy viloyati - 905, Xorazm viloyati - 815, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 604 ta.
Shu yilning 16 fevral kunidan 19 iyuniga qadar 68 mingdan ortiq qoidabuzarliklar qayd etilgandi.








