Joriy yilning 15-17 may kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞga rasmiy safar uyuştirgan edi. Keng doiradagi muzokaralarda Özbekiston va AQŞ rasmiy delegatsiyasi vakillari iştirok etib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Vaşingtondagi «Bleyr xaus» qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga rasmiy taşrifi doirasida hujjatlarni imzolaş marosimi ötkazilib, ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari örtasida savdo, energetika, moliya, qişloq xöjaligi, fan-ta'lim sohalariga doir qator hujjatlar imzolandi.

Davlat rahbarining Amerikaga rasmiy taşrifi qişloq xöjaligiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarning kirib kelişida öziga xos ijobiy ta'sir ötkazdi. Ayni paytda klaster usuliga Özbekiston paxtaçiligining kelajagi sifatida qaralmoqda. Joriy yil mamlakatimizning köplab tumanlarida mazkur loyiha sinovdan ötdi.
Ma'lumki, 2018 yil Prezident taşabbusi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”, deb e'lon qilingan. Davlat rahbarining agrar sektorga zamonaviy texnologiyalarni olib kiriş taşabbusi amalda ham öz ifodasini topmoqda. Toşkent, Andijon, Namangan, Xorazm,Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Amerikada işlab çiqarilgan, yuqori samaradorlikka ega - John Deere CP 690 paxta terim kombaynlaridan ilk bor hosilni terib olişda foydalanilgani ham bunga yaqqol misol böla oladi.

Paxtani yetiştirişdan tortib, undan tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan bosqiçlarni öz içiga qamrab olgan klaster loyihasi Andijon viloyatining Qörğontepa va Baliqçi tumanlarida, Toşkent viloyatining Örtasaroy QFYda va Namangan viloyati Uçqörğon tumanlarida amalga oşirilmoqda. “Khantex” va “Uztex” klasterlariga John Deere CP 690 paxta terimi kombaynlari va 8R rusumli John Deere traktorlari keltirilib, paxta maydonlarida yuqori samaradorlikka erişildi.
Joriy yil, Andijon viloyati Qörğontepa tumanida mavjud 8168 gektar paxta maydonining 858 gektarida “Khantex-group” tomonidan zamonaviy texnologik uskunalar asosida klaster usulida paxta yetiştirildi.
“Khantex-group” korxonasi paxta hosilini sifatli terib oliş maqsadida klasterga zamonaviy texnologiyalarni olib keldi. Jamiyat Amerikaning qişloq xöjaligi texnikasini işlab çiqarişda jahonda yuqori nufuziga ega bölgan – “John Deere” kompaniyasidan 2 ta paxta teriş kombaynini paxta mavsumida sinovdan ötkazdi.








