Özbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga oliş tizimini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligining telegram-kanalida yozilişiça, qarorga muvofiq, respublikada mobil qurilmalarni xalqaro öziga xos identifikatsiya kodlari asosida röyxatga oliş böyiça tizim joriy qilinadi.
Mazkur tizim:
• mobil qurilmalardagi öziga xos identifikatsiya kodlari töğriligini tekşiriş orqali ularning mulkdorlari (egalari) huquqlarining himoya qilinişini ta'minlaş;
• mobil qurilmalardan ularning egalarini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanişga yöl qöymaslik imkonini beradi.
Mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini röyxatga oliş va qöllaş, uşbu yönalişda normativ-huquqiy bazani yaratiş va takomillaştirişda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi vakolatli organ, “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça yagona integrator” MÇJ esa tizim operatori etib belgilandi.
Qaror bilan 2019 yil 1 aprelgaça:
• mobil qurilmaning identifikatsiya kodini Internet tarmoği orqali onlayn rejimida röyxatga oliş va uning maqomini tekşiriş xizmati joriy etiladi;
• mobil qurilmani röyxatga oliş hamda maslahat xizmatlarini körsatiş böyiça hududiy punktlar faoliyati yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, tizim operatoriga mahsulotlar (işlar, xizmatlar) yetkazib beruvçilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan şartnomalar tuzişga va keyinçalik ularni Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi DUKda ekspertizadan ötkazişga ruxsat berildi.
Şuningdek, tizim operatoriga uni taşkil etiş va joriy etiş doirasida olib kiriladigan uskuna, butlovçi buyum va ehtiyot qismlar, dasturiy ta'minot mahsulotlari, vosita va moslamalar, kompyuter hamda server texnikasi uçun bojxona tölovlarini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boşlab 36 oygaça bölib-bölib tölaş huquqi berildi.








