00:51 / 26.10.2018
19369

Astronomiyaga oid fotosuratlar tanlovida Somon Yo‘lining cho‘l ustidagi surati g‘olib bo‘ldi - fotogalereya

Grinvichdagi Britaniya qirollik observatoriyasi Insight Astronomy Photographer of the Year tanlovining g‘oliblarini e'lon qildi.

Tanlov hakamlar hay'ati bosh mukofotni amerikalik Bred Goldpeyntga topshirdi. Uning suratida Yuta shtatidagi cho‘l ustidagi osmonda Somon Yo‘li galaktikamiz (o‘ngroqda) va Andromeda galaktikasi hamda qoya chetida turib teleskop orqali osmonni kuzatayotgan kishi tasvirlangan. G‘olib 10 ming dollar mukofot puli olgan.

Bosh mukofot va «Inson va koinot» nominatsiyasi g‘olibi. Foto: © Brad Goldpain

Shuningdek, Goldpeyntning yana bir surati «Inson va koinot» toifasida eng yaxshisi deb topilgan. Hakamlar hay'ati 12 yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni aniqlagan: Oy, quyosh, yulduzlar va boshqalar suratlari uchun alohida mukofot ko‘zda tutilgan. Tanlovning eng yaxshi suratlari ko‘rgazmasi 24 oktabrda Grinvichdagi Milliy dengiz muzeyida ochilgan.

«Quyoshimiz» nominatsiyasi. Foto: © Nicolas Lefaudeux
«Galaktikalar» nominatsiyasi. Foto: © Steven Mohr
«Oyimiz» nominatsiyasi. Foto: © Jordi Delpeix Borrell
«Qutb yog‘dusi» nominatsiyasi. Foto: © Nicolas Lefaudeux
«Yulduzlar va tumanliklar» nominatsiyasi. Foto: © Mario Cogo
«Osmon manzaralari» nominatsiyasi. Foto: © Ferenc Szémár
«Robotlashtirilgan teleskoplar» nominatsiyasi. Foto: © Damian Peach
«Sayyoralar, kometalar va asteroidlar» nominatsiyasi. Foto: © Martin Lewis
«Eng yaxshi yangi fotograf» nominatsiyasi. Foto: © Tianhong Li
«Yosh fotograf» nominatsiyasi. Foto: © Fabian Dalpiaz
Mavzuga oid
Top