3 aprel kuni, AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan soat 19:49 da (Toshkent vaqti bilan 4 aprel kuni 04:49 da), «Orion» kosmik kemasi dvigatellari «translunar inʼeksiya impulsi»ni amalga oshirdi – bu kemani Yer atrofidagi orbitadan Oy sari parvoz trayektoriyasiga o‘tkazish uchun tezlanish beradigan manyovrdir. Jarayon 5 daqiqayu 55 soniya davom etdi. Shundan keyin kema Oy tomon yo‘l oldi.

Bu 1972 yilgi «Apollon-17» missiyasidan beri insoniyat Yer orbitasini qayta tark etishi bilan bog‘liq ilk holatdir.

Ekipaj tarkibidan NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox, shuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jyeremi Hansen o‘rin olgan.

6 aprel kuni ekipaj olti soatlik seans davomida Oy sirtini kuzatish seansini o‘tkazadi. «Artemida-2» nomini olgan missiya 10 kun davom etadi – «Orion» Oy atrofini aylanib chiqadi va shundan keyin Yerga qaytadi.

Astronavtlar Yer yo‘ldoshiga qo‘nmaydi: ularning asosiy vazifasi – kosmik kemaning boshqaruv tizimlarini sinovdan o‘tkazish va barchasi uzoq koinot sharoitida ishlashiga ishonch hosil qilishdan iborat. 

Ekipaj allaqachon Yer va Oyning «Orion» bortida turib olingan ilk suratlari bilan bo‘lishdi, shuningdek, kosmik kemada kunlar qanday o‘tayotganini namoyish etishdi. Quyida mazkur kadrlar keltiriladi.

NASA astronavti Kristina Kox (chapda) va Kanada kosmik agentligi (CSA) astronavti Jyeremi Hansen (o‘ngda) «Orion» bortida. 3 aprel kuni ular va «Artemida» missiyasidagi ikki hamkasbi Yer va Oy o‘rtasidagi yo‘lning yarmini bosib o‘tishdi. «Siz hozir Yerga qaraganda Oyga yaqinroqsiz», – deya ularga xabar yo‘llagan Parvozni boshqarish markazi AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan soat 23:00 da
NASA / AFP / Scanpix / LETA
1972 yilgi «Apollon-17» missiyasidan beri ilk bor AQShning Oyga uchirgan missiyasi bo‘lgan «Artemida-2» ekipaji tomonidan olingan Oy surati
NASA / AFP / Scanpix / LETA
Missiyaning ikkinchi kunida kema quyosh batareyalaridan biriga o‘rnatilgan kamerada olingan «Orion»ning bir qismi surati
NASA / AFP / Scanpix / LETA