Interesting Engineering xabariga köra, NASA 2028 yil oxirigaça tabiiy yöldoş yuzasiga törtta robotlaştirilgan ilmiy missiyani yetkazib beradigan uçta Amerika kompaniyasini tanladi. Ta’kidlanişiça, yangi şartnomalar NASA tijorat Oy dasturini kengaytiradi va kelajakda astronavtlar işini, ilmiy tadqiqotlarni va hatto Marsga ekspeditsiyalarni tayyorlaşni ta’minlaydigan uzoq muddatli infratuzilmani yaratişni tezlaştiradi.
Şartnomalar Astrobotic, Firefly Aerospace va Intuitive Machines kompaniyalariga Commercial Lunar Payload Services (CLPS) dasturi doirasida topşirildi. Xususan, Astrobotic jami 297,9 million dollarlik ikkita şartnomani qölga kiritdi, Firefly Aerospace bitta missiya uçun 144,2 million dollar, Intuitive Machines esa yana bitta missiya uçun 148,3 million dollar oldi.
Oyning tijoriy özlaştirilişi tezlaşmoqda
NASA uşbu kompaniyalar tomonidan işlab çiqilgan Oyga qöniş modullarining takomillaştirilgan versiyalaridan foydalanişni rejalaştirmoqda. Bu parvozlar çastotasini oşirişi va missiyalarning işonçliligini yaxşilaşi kerak. Agentlikning ta’kidlaşiça, avvalgi parvozlar tajribasi yangi apparatlarni takomillaştirişga yordam beradi, xususiy kompaniyalar esa Oyni örganişda tobora muhim rol öynaydi.
«Tijorat hamkorlarimiz bilan umumiy qiymati qariyb 600 million dollar bölgan uşbu yangi şartnomalar insoniyatning Oy yuzasida uzoq muddatli mavjudligini ta’minlaşni tezlaştirişga bölgan intilişimizdan dalolat beradi», dedi NASA boşqariladigan kosmik parvozlar boşqarmasi rahbari örinbosari Lori Gleys.
Ayni paytda NASA turli kompaniyalar iştirokida Oy yuzasiga yuklarni yetkazib beriş böyiça 17 ta tijorat missiyasini rejalaştirgan. Bu agentlikka yangi texnologiyalarni sinab köriş va ilmiy ma’lumotlarni töplaş uçun doimiy imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Törtta yangi missiyaning har biri Oyga kelajakdagi boşqariladigan ekspeditsiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan uçta NASA ilmiy asbobini olib boradi.
Ulardan biri – Lunar Plume Surface Studies uçun Stereo Camera – qöniş modullari dvigatellarining oqimlari qöniş paytida oy çangini qanday kötarişi va harakatlantirişini örganiş uçun yuqori aniqlikdagi uç ölçamli tasvirlarni yaratadi. Bu ma’lumotlar, ayniqsa, bir vaqtning özida bir neçta yirik kosmik kemalar yer yuzida işlaganda, qöniş modellarini takomillaştirişga yordam beradi.
Yana bir qurilma - Laser Retroreflector Array - Oy yuzasida doimiy navigatsiya körsatkiçiga aylanadi. Texnik xizmat körsatişni talab qilmaydigan ixçam qurilma orbitadagi kosmik apparatlarning lazer signallarini aks ettirib, kelajakdagi missiyalarga öz joylaşuvini aniqroq aniqlaşga yordam beradi.












