Özbekistonning ilk milliy kosmonavtini 2028 yil oktyabriga qadar koinotga uçiriş rejalaştirilgan. Bu haqda «Özbekkosmos» agentligi direktori örinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lum qildi.

Uning aytişiça, parvoz 14 kun davom etadi. Hozir inson iştirokidagi kosmik parvozlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega uçta davlat — AQŞ, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ta’kidlanişiça, barça tomonlar hamkorlikka tayyorligini bildirgan va özbekistonlik kosmonavt fazodan ma’lum ilmiy tajriba (tibbiyot, biologiya, genetika va boşqa ustuvor yönalişlar) natijalari bilan qaytişi rejalaştirilgan.

Nomzodlar uçun quyidagi talablar belgilangan: yoşi 27-40, oliy ma’lumotli, böyi 160-190 sm, vazni 50-95 kg, xorijiy tillarni bilişi.

Avvalroq, kosmonavtni tanlaş jarayoni umumxalq dasturi şaklida taşkil etilişi aytilgan edi. Buning uçun maxsus davlat komissiyasi tuziladi va kosmonavtlarni tanlaş, tayyorlaş va parvoz masalalarini muvofiqlaştiradi.