Toşkent şahri va Toşkent viloyatida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari hamda işçi va xizmatçilarini doimiy propiska qiliş töğrisida içki işlar organlariga iltimosnoma kiritiş vakolati mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari zimmasiga yuklandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar qilmoqda.

2018 yil 24 sentabrda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Rahbarlari Toşkent şahri va Toşkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qiliş töğrisida iltimosnoma kiritişi mumkin bölgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boşqa davlat taşkilotlari röyxatiga qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarori qabul qilindi. Şunga köra, Mudofaa vazirligi xodimlarini Toşkent şahriga doimiy propiskaga qöyiş tartibiga qöşimça kiritildi, ya'ni Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari hamda işçi va xizmatçilarini doimiy propiska qiliş töğrisida içki işlar organlariga iltimosnoma kiritiş vakolati mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari zimmasiga yuklandi.

Uşbu qaror ijrosiga qaratilgan mudofaa vazirining buyruğida faqat yuqori malakali va tor ixtisoslikdagi harbiy xizmatçilar hamda işçi va xizmatçilarni lavozimda turadigan davrga propiska qilinişi lozimligiga e'tibor qaratilişi ta'kidlandi. Propiska qiliş uçun asoslanmagan iltimosnomalar kiritgan, şuningdek, harbiy xizmatçilar hamda işçi va xizmatçilarning lavozimdan ozod qilinganligi, boşqa işga ötganligi yoki pentsiyaga çiqqanligi töğrisida öz vaqtida xabar bermagan komandir va boşliqlar bunga şaxsan javobgar bölişi ogohlantirildi. Doimiy propiska qiliş töğrisidagi iltimosnoma tegişli hujjatlar bilan birga qat'iy ravişda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kadrlar boş boşqarmasi orqali kiritiladi.