Samarqand viloyatidagi Ğallabuloq va Quştepada oltinga oid obektlarni özlaştiriş loyihasini amalga oşiriş töğrisida Davlat geologiya qömitasi va Turkiyaning «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi örtasida geologiya-qidiruv işlarini hamkorlikda olib borişga doir memorandum imzolandi. Bu haqda «Davgeolqöm» Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi xabar berdi.

Foto: uzgeolcom.uz

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi 328-sonli qarori bilan strategik jihatdan muhim bölgan qattiq foydali qazilmalarning 111ta istiqbolli maydonlari va 29ta koni röyxati tasdiqlangan va ularni geologik örganiş va özlaştiriş uçun çet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. 

Közda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşirilişini ta'minlaş maqsadida Davgeolqöm tomonidan Turkiyaning «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatining Ğallabuloq va Quştepa obektlarida birgalikda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş va oltinga oid obektlarni özlaştirişda hamkorlik qiliş masalasi işlab çiqilgan.

Tasdiqlangan tartibga köra, ilgari tomonlar örtasida memorandum va qayd etilgan obektlar uçun oşkor qilmaslik töğrisida kelişuv imzolangan va loyihada iştirok etiş böyiça qaror qabul qiliş uçun geologik materiallar Turkiya tomoniga belgilangan tartibda berilgan.

Foto: uzgeolcom.uz

Materiallarni örganiş doirasida turk va nemis ekspert–geologlari tomonidan joylarga çiqilgan, namunalar olingan hamda Turkiya va Kanadadagi xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilgan holda obektni örganiş taşkil etilgan. Örganiş yakunlari böyiça «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi tomonidan loyihada iştirok etişga qiziqiş bildirilgan. 

2018 yil 25 oktabrda loyihani amalga oşiriş töğrisidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinçi bosqiçda «TAŞYAPI INŞAAT TAAHHÜT SANAYI VE TICARET A.Ş.” kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi işlarni amalga oşiradi: mavjud resurs bazasi töğrisidagi axborotni aniqlaştiriş va tarixiy geologik qidiruv ma'lumotlari, şu jumladan xalqaro standartlardan foydalanişni tasdiqlaş uçun obektlarda tekşiruv punktlarini oçiş; texnologik jarayonlarni işlab çiqiş uçun metallurgik sinovlarini ötkaziş; oltin zaxiralarini rivojlantiriş uçun PTEO (taxminiy texnik-iqtisodiy asoslar) loyihasini işlab çiqiş.

Loyihaning birinçi bosqiçining ijobiy natijalaridan söng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirişda hamkorlik qilişning şakl va şartlari töğrisida kelişadilar.