“Real” Madridning sobiq himoyaçisi Alvaro Arbeloa madridliklarning “Barselona”dan 5:1 hisobida uçragan mağlubiyatiga izoh berdi.

“Barselona” Messisiz ham qançalik kuçli ekanligini anglaş qiyin. “Real”ning bu öyinçilari ular nimalarga qodirligini, köp marta kötarila olganlarini uzoq vaqtdan beri namoyiş qilmoqdalar”, deb yozgan Arbeloa tvitterda.

“Barselona” uşbu öyindan keyin 21 oçko töplab, Ispaniya çempionatida yetakçilik qilmoqda, “Real esa 14 oçko bilan 9-örinni egallamoqda. Navbatdagi 11-turda katalon klubi mehmonda “Rayo Valekano” bilan, Madrid klubi esa öz maydonida “Valyadolid” bilan uçraşadi. Ikkala öyin ham 3 noyabrda bölib ötadi.

Avvalroq Madrid klubi 29 oktabrda boş murabbiy Xulen Lopetegini iste'foga çiqarişi ma'lum qilingandi. “Real”ning yangi murabbiyi etib Antonio Konte tayinlanişi kutilmoqda.