Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 oktabr - Mustaqil Çexoslovakiya taşkil topgan kun munosabati bilan Çexiya Respublikasi prezidenti Miloş Zemanga tabrik yölladi.

Eslatib ötamiz, 28 oktabr kuni çexlar Mustaqillik kuni - Mustaqil Çexoslovakiya Respublikasi taşkil etilgan kunni nişonlaşadi.

Çexiya birinçi jahon uruşidan söng - 1918 yilda mustaqillikni qölga kiritgan. 1918 yil 28 oktabrda Çexiya milliy qömitasi mamlakatning Avstriya-Vengriyadan mustaqilligini e'lon qildi. Bundan taşqari, öşa kuni u Slovakiya bilan birlaşdi. Natijada, Çexoslovakiya taşkil topdi.

1993 yil 1 yanvar kuni Çexiya Respublikasining Çexoslovakiyadan mustaqilligi rasman e'lon qilindi. Şu bilan birga, Çexiya Respublikasining mustaqillik bayrami 28 oktabrda, öz davlati tarixida hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan sanani inobatga olgan holda nişonlanmoqda.