«Özbektelekom» kompaniyasining yangi direktori tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.
Manbalar ma'lumotiga qaraganda, Nazirjon Hasanov «Özbektelekom» boş direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.

Nazirjon Hasanov şu kunga qadar «Özbektelekom»ning Davlat organlari bilan özaro munosabatlar böyiça direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 2018 yil 8 avgust kuni «Özbektelekom» AK rahbariyatida qator lavozim tayinlovlari amalga oşirildi. Kompaniya rahbari etib avval ham boş direktor lavozimida faoliyat yuritgan Şuhrat Qodirov tayinlangandi.

Foto: Özbektelekom
2018 yilning fevral oyidan avgustigaça boş direktor lavozimini egallagan Farhod Röziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga ötkazildi. Bundan taşqari, Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking örniga Istiqbolli rivojlantiriş va innovatsiyalar böyiça direktor lavozimiga tayinlandi.

Foto: Özbektelekom












