Oramizda şunday insonlar bor: ular gapiriş, köriş va eşitiş ne'matidan bebahra. Lekin ularning mehrga töla qalblari bor. Qöllari har doim duoda, tili kalimada. Aslida nogironligi bor insonlar emas ular. Bizningça, nogiron inson deb qalb közi kör, lekin tört muçasi soğ insonlarni aytiş töğriroq böladi. Nogironligi bölsa-da, hayotga muhabbati, Haqni tanişga bölgan iştiyoqi, mehrga töla qalbi köpçiligimizga ibrat namunasi bölişga arziydi. Ularni hazrati inson deyişadi.

Video: youtube.com

Video: Mover.uz (Tas-IX)

Poytaxtimizdagi Şayx Zayniddin jome masjidida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Din işlari böyiça qömita bilan jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarimiz örtasida oçiq muloqot taşkil etildi.

Davra suhbatida söz olganlar bugungi kunda mamlakatimizda din sohasida olib borilayotgan islohotlar, özgarişlar hamda yaratilayotgan qulayliklar haqida gapirib ötişdi.

Şundan söng davra suhbatiga taklif etilgan jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarimizning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Endilikda nogironligi bor fuqarolarimiz uçun dinni mukammal örganişda turli audio materiallar va maxsus kitoblar tayyorlaş sohasini rivojlantiriş, masjidlarimizda ularga islom dinidan yetarliça bilim berilişini ta'minlaş hamda ularga bir qator qulayliklar yaratiş böyiça rejalar kelişib olindi.

Şuningdek, oçiq muloqot tarzida ötgan davra suhbatida muborak Haj va Umra safarlari uçun jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarimizga kvotalar ajratiş masalasi örtaga taşlanib, muhokama qilindi.

Qolaversa, bundan buyoğiga har oyning birinçi yakşanbasi “Muruvvat kuni” sifatida belgilanib, bu kunda jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarimiz bilan doimiy uçraşuvlar taşkil etilişi yölga qöyiladigan böldi.