Rossiya poytaxti Moskva şahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasining (AIBA) 2018 yilgi Kongressi oçildi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, unda AIBA prezidenti vazifasini bajaruvçi Ğofur Rahimov özining qariyb bir yillik faoliyati yuzasidan ma'ruza qildi.

«Yanvar oyida AIBA vaqtinçalik prezidenti lavozimini egallaganimdan söng, mening faoliyatimdagi ustuvorlik AIBA va boksni biz munosib bölgan darajaga qaytarişga yönaltirilgandi. Ötgan töqqiz oy mobaynida biz katta muvaffaqiyatlarga erişdik. Men taşkilotimizda va sportimizda muhim islohotlarni amalga oşirdim. Garçi bu juda qiyin bölgan bölsa-da, biz ijobiy natijalarni bera boşlagan muhim islohotlarni boşladik», - dedi Ğofur Rahimov.
Şuningdek, Ğ. Rahimov yangi islohotlar dasturi haqida ma'lumot berdi. Bunday reja dinamik rivojlaniş va AIBA hamda Olimpiya boksida ijobiy özgarişlarni amalga oşiriş maqsadida işlab çiqildi.
«Birinçisi - şaffoflik, samaradorlik va hurmatga qaratilgan yangi boşqaruv falsafasi yölga qöyildi. Islohotlarimiz dasturidagi muhim qadam - AIBA’ni professional va zamonaviy taşkilotga aylantiriş. Samarali boşqaruv amaliyotlarini joriy etişga ustuvorlik qaratiladi. Demokratiya, oşkoralik va yaxlitlik taşkilotimizning boşqaruv jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi.
Ikkinçisi - Prezident vakolatlarini sezilarli darajada qisqartirib, uning köplab huquq va imtiyozlarini AIBA Ijroiya qömitasi a'zolariga topşirib, Ustavimizda muhim özgartirişlarni amalga oşirdik. Ijroiya organini takomillaştiriş va demokratlaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirildi. AIBA endi bir odamning irodasi va istagiga boğliq emas. Endi bizda nazorat mexanizmlari bor.
Uçinçisi - gender tengligida islohotlarni tatbiq etdik. Ayollarning bizning sportda iştirok etişiga kömaklaşiş va rağbatlantiriş borasida muhim qadamlar qöyilmoqda. Ham ringda, ham saylov va boşqaruv darajalarida. Joriy yilda AIBA gender tengligi böyiça birinçi Forum ötkazilişi taşabbusi bilan çiqdik, u «Boksdagi xilma-xillik» dasturi doirasida moliyalaştirildi. Bundan taşqari, biz AIBA Ijroiya qömitasi tarkibida gender balansini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar kördik. Hozirda kamida 6 nafar ayol unga kirişi kafolatlangan. «Aralaş juftlik boksi» deb nomlangan boks böyiça yangi musobaqalar şakli taklif etildi.











