Şu yilning yanvaridan buyon Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi prezidenti vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan özbekistonlik Ğofur Rahimov taşkilotning Moskvada bölib ötayotgan Kongressida AIBA va Xalqaro Olimpiya Qömitasi örtasidagi ziddiyatni bartaraf etiş çorasi haqida ma'lumot berdi.

Anjumanni kuzatib borayotgan Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, özbekistonlik sport funktsioneri AIBA Nizomiga kiritilişi kutilayotgan tuzatişlar natijasida taşkilot prezidenti zarur hollarda öz lavozimidan ma'lum vaqtga tanaffus olişi mumkin bölişini ma'lum qilgan.
«Xalqaro Olimpiya Qömitasi AIBA va boksning Olimpiadadagi örniga nisbatan xavotir bilan qarayotganidan xabaringiz bor, deb öylayman. Biz öz ustavimizga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş orqali taşkilot rahbarlari, şu jumladan prezident saylovi natijalari ortidan XOQda yuzaga kelişi mumkin bölgan e'tirozlarga befarq emasligimizni bildirmoqçimiz.

Bugun ovozga qöyiladigan özgartişlarga asosan şunday tizim joriy etiladiki, bu saylangan prezidentga – u kim bölişidan qat'i nazar – zarur hollarda muayyan muddatga öz lavozimidan çetlaşib turiş imkonini beradi», - deya aytib aytgan Rahimov.
«Uşbu Kongress haqida töliq hisobot va unda qabul qilinadigan barça qarorlarni noyabr oyi örtasiga qadar XOQga yuboriş böyiça kelişuvga erişganmiz. Men sizlar tomoningizdan ma'qullangan özgartirişlarni öz içiga olgan hisobotni yaqin kunlarda [XOQga] topşirişni intiqlik bilan kutmoqdaman.
Şundan söng Tokio, Parij, Los-Anjyeles va ulardan keyingi har qanday Olimpiya öyinlarida boks sport turi bilan barçasi joyida böladi», - deya işonç bildirgan Ğofur Rahimov.
Ma'lumot uçun, Xalqaro Olimpiya Qömitasi «Magnitskiy röyxati»ga kiritilgan Ğofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylangan taqdirda boksni olimpiya sport turlari tasnifidan çiqariş bilan tahdid qilib keladi.
Prezidentlikka nomzodlar ikki nafar bölib, 20 yildan ortiqroq vaqt davomida AIBA`da yuqori rahbarlik lavozimlarida işlab kelgan Ğofur Rahimovdan taşqari taşkilot vitse-prezidenti, Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti qozoğistonlik Serik Qönaqbayev ham da'vogarlik qilmoqda. Ertaga bölib ötadigan saylov kelgusi tört yilda jahon havaskor boksiga kim boş rahbar bölişiga oydinlik kiritadi.









