Kechirim so‘rash, yordam so‘rab murojaat qilish, samimiy bo‘lish. Bularning bariga faqat haqiqatan ham kuchli bo‘lgan kishilargina qodir.
Quyidagi so‘zlar hind inqilobchisi Maxatma Gandiga tegishli: “Kechira olish qobiliyati – kuchlilarga xos. Kuchsizlar hech qachon kechirishmaydi”.
Odamlarni kuchli va kuchsizlarga ajratish o‘rinsiz ko‘rinishi mumkin. Axir baholashning aniq mezonini belgilash imkonsiz. Biroq taxmin qilish mumkin.
Kuchsiz odam – baxtli bo‘lish qo‘lidan kelmaydigan odam. U qo‘rquvga to‘la, mas'uliyatdan qochadi va o‘tmish xatolari bilan yashaydi. Bu kuchlilarga xos emas. Kuchlilar faqat bir narsani istaydi – o‘zi va yaqinlari uchun hayotni baxtga to‘ldirish.
Bu ikki guruhning umumiy jihatlari kam, biroq tafovutlar talaygina. Ulardan ko‘pchiligi kuchsiz kishi qodir bo‘lgan hayot va amallarga borib taqaladi. Hozir ana shu omillar haqida so‘z yuritamiz.

1. Uzr so‘rash
Kechirim so‘rash – noqulay. Buni bajarish uchun o‘zimizning nohaq ekanimizni tan olishga to‘g‘ri keladi. Bu esa nafsoniyatimizga tegadi. Biroq o‘zini yengib, kechirim so‘rashga muvaffaq bo‘lganlar xotirjamlik va ruhiyat quvvatiga ega bo‘lishadi.
Buning sababi shundaki, odam yetkazayotgan og‘riq izsiz yo‘qolmaydi. Bu har ikkala tomon uchun ham to‘g‘ri.
Uzr so‘rashdan qo‘rqmang.
Bu bizni boshqalar nazarida “inson”ga aylantiradi.
2. Yordam so‘rash
Yordam so‘rash ham uzr so‘rash kabi mushkul. Bu bandlar bir-biriga bog‘liq. Iltimos kishini muammoni qanday hal qilishni o‘zi bilmasligini tan olishga majbur qiladi. Biroq agar noto‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lsak, bizni yo‘naltira oladigan kishilardan yordam so‘rashimiz lozim.
Gap bu masala bilan kimga murojaat qilishda. Agar foydali maslahat olishni istasangiz, ishning ustasiga yuzlaning. Agar shubhalar xavotirga solayotgan bo‘lsa, hikoyangizni tinglaydigan yaqin kishiga ayting. Balki, birgalikda yechim toparsiz.

















