Toşkent viloyatida terimni 45 kgdan oşirgan paxtakorlar 1 litr yoğ bilan rağbatlantiriladi. Bu haqda 2 noyabr kuni videoselektor tarzida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilindi.

Toşkent viloyati hokimining aytişiça, terimçilar ösimlik yoği, mavsumdagi işlarni a'lo darajada taşkil qilgan rahbarlar esa xizmat maşinasi bilan rağbatlantiriladi. Yiğilişda ta'kidlangan rağbat 45 kg paxta uçun beriladimi, yo 45kgdan oşiq paxta tergan işçilargami, bu masalaga oydinlik kiritişning imkoni bölmadi. 

Eslatib ötamiz, Xorazm viloyatida qölga olingan jurnalist Davlatnazar Rözmetov ham «yoğ tarqatilişi» masalasi muhokama etilayotgan majlisda muammoga uçragani aytilgandi.