Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi paxta terimiga majburiy jalb qiliş holatlari böyiça rasmiy ma'lumot taqdim etdi.

Vazirlikning «işonç tarmoği»ga murojaatlar

2018 yil 10 sentabrdan 27 sentabr kunigaça Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining işonç tarmoqlariga paxta terimiga majburiy jalb etiş holati yuzasidan jami 410ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 228tasi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan körib çiqilgan, 26tasida qonunbuzarlik holati tasdiqlangan, 202ta murojaatda esa paxta terimiga majburiy jalb qiliş holati tasdiqlanmagan. 

Joylarda holatni örganiş paytida murojaatçilar turli sabablar ta'sirida öz şikoyatlarini qaytarib olayotgani kuzatilmoqda. Paxta terimiga majburiy jalb qiliş böyiça tasdiqlanmagan holatlar yuzasidan qayta tekşiruv işlari ötkazilmoqda.

2018 yil 27 sentabr holatiga köra hududlar böyiça murojaatlar yiğma jadvali:  

Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) vakillariga murojaatlar ma'lumot bazasiga kiriş huquqi taqdim etildi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bölgan Andijon viloyati Qörğontepa tumani Yoşlar ittifoqi faoli N.Mirzaqobulovning tumanda joylaşgan 53ta maktabdagi yoşlar taşkiloti faollarini paxta terimiga majburlaş holati Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat mehnat inspeksiyasining birgalikda olib borgan tekşiruv-tergov işlari bilan  yakunlandi. N.Mirzaqobulov majburlaş holati böyiça ma'muriy javobgarlikka va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-moddasiga muvofiq jarimaga tortilgan. 

10 sentabrdan buyon 26ta holat böyiça mansabdor şaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Qonunbuzarlik sodir etgani uçun Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi böyiça quyidagi şaxslarga nisbatan eng kam oylik iş haqining 1 barobaridan 3 barobari miqdorida jarima pulini undiriş töğrisida qaror çiqarildi:

- Farğona viloyati Qöştepa tumani hokimi Ilyos Novikov,

- Farğona viloyati Oltiariq tumani Xotin-qizlar işlari böyiça hokim örinbosari Salimova Ş.,