Joriy yilda jahonda yana çöçqa grippi tarqalişi bilan boğliq gap-sözlar kişilarni vahimaga soldi. Lekin, mutaxassislarning ta'kidlaşiça, grippning har qanday turida profilaktika va davolaniş çoralari bir xil.

Nimadan himoyalaniş kerak
Gripp ötkir infeksion xastalik bölib, uni virus keltirib çiqaradi. Insondan insonga ötadi, tez tarqaladi. Virus har yili mutatsiyaga uçrab, yangidan-yangi epidemiyalarni keltirib çiqarmoqda.
Ilk simptomlar dastlabki bir-ikki kun içida körinadi:
- kutilmaganda va tezda harorat oşadi;
- kuçli boş oğriği;
- yoruğlik tuşsa köz oğriydi;
- muşak va böğimlarda oğriq kelib çiqadi;
- yötal va tumov boşlanadi.
Ba'zan bularga oşqozondagi buziliş, kökrak qafasidagi oğriq, boş aylanişi va nafas olişning qiyinlaşişi qöşilişi mumkin.
Agarda gripp oğir keçsa, u xavfli bölişi mumkin. Ayniqsa bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali xastalikka duçor bölganlar jiddiy xavfga duç keladi.
Grippga qarşi dori mavjud emas. Faqat undan himoyalaniş hamda xastalik yengil keçişiga erişişimiz mumkin, xolos.
Grippdan qanday himoyalaniş mumkin

Gripp juda oson yuqadi. Hatto niqobsiz ham u odamdan odamga ötadi. Epidemiya paytida esa odamlar bilan aloqa qilmay ötirişning iloji bölmagani uçun köplar bu xastalikni yuqtirib olişadi.
Grippdan himoyalanişning ikki yöli bor: töliq izolyatsiya va vaksinatsiya.
Emlaş epidemiyadan 2-3 hafta muqaddam amalga oşiriladi. Ammo vaksina faqat konkret virusga qarşi işlaydi. Ya'ni boşqa turdagi ötkir respiratorli virus infeksiyasiga çaliniş xavfi qolaveradi.
Bundan taşqari, oddiy tumov, yötal, tomoq qiçişi va oğrişi – bu gripp emas. Bu şunçaki yalliğlaniş kasalliklari bölib, gripp ulardan ön çandon xavflidir.







