Irlandiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi Konor Makgregor sobiq raqibi, Tokiodagi yangi yil musobaqasida MMAda debyut qilmoqçi bölgan Floyd Meyuezerni mazax qildi.

Avvalroq Meyuezer Rizin 14 musobaqasida iştirok etişini ma'lum qilgandi. U MMAdagi ilk jangini 31 dekabrda Tokioda 20 yoşli yaponiyalik Tensin Nasukavaga qarşi ötkazadi. 

“Egningdagi nima, Floyd? Bu sport kiyimimi yoki saunaga boradigan kiyimmi? Tokioda şunçalik issiqmi? Ha, global isiş bilan boğliq voqea hazil emas körinadi. Özi bu yerda nima bölyapti? Yoningdagi kiçik masxaraboz kim özi? Bu telbalik. Göyoki “Tiğiz soat-5” yoki şunga öxşaş filmni körayotgandeksan. Kris Taker va Jyeki Çan qaytdi! Aqlbovar qilmaydi. Floyd, sen kiçkina quturgan pastkaşsan. Jin ursin seni”, deb yozgan Makgregor instagramda.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Conor McGregor Official (@thenotoriousmma) on